O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi
Respublika ta’lim markazi
“Iqtisodiy
bilim asoslari”
fani bo‘yicha
fan oyligini o‘tkazish yuzasidan metodik tavsiyalar
Toshklent
2007 yil
IqtisodIYOT fan oyliGini o‘tkazishning
maqsad va vazifalari
Xalk ta’limi vazirligining 2007 yil 18 yanvardagi 16-sonli buyrug‘iga
asosan o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish maqsadida
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan oyliklarini o‘tkazishda ularning nazariy
olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliyotga tadbiq eta olishlari, turli
ko‘rik tanlovlar va bellashuvlar tashkil etish hamda iqtidorli o‘quvchilar
bilan ishlashni yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Har xil fan mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchilar o‘z
bilimlarini oshirishda o‘z ustida tinimsiz izlanishlar olib borishlari, hozirgi
zamon fan va texnikasi, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishlari
o‘z fanlaridan ilmiy-ijodiy to‘garaklar tashkil etishlari, ularda
o‘quvchilarning doimiy izlanishlarda bo‘lishlariga imkoniyat yaratishlari, fan
oyligini tashkil etish va o‘tkazish jarayoniga ijodiy yondashishlari kerak.
Fan oiligini utkazishning asosiy maqsad va
vazifalari, quyidagilardir:
— o‘quvchilarning
alohida fanlar bo‘yicha bilim olishga bo‘lgan intilishlarini har tomonlama
rivojlantirish;
— tanlangan
fanlar bo‘yicha ta’lim samaradorligini oshirish;
— iqtidorli
o‘quvchilar bilan ishlashni yanada faollashtirish;
— o‘qituvchi va
o‘quvchilar bilimlarini to‘xtovsiz takomillash-tirib borishga, hozirgi zamon
fan va texnikasi, axborot texnologiya-lari fan yangiliklari, dunyodagi
o‘zgarishlar bilan doimo tanishish va o‘rganishga intilishga undash;
— DTS talablari
asosida o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy hamkorligini tashkil etish;
— ta’lim
jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar mahoratini namoyish kilish;
— o‘quvchi va
o‘qituvchining iqtidori va qobiliyatini namoyish qilish;
— darsdan keyin
o‘tkaziladigan tadbirlarning ta’lim tarbiya jarayonidagi ahamiyatini oshirish.
Maktablarda “Iqtisodiy bilim asoslari” fani oyligi
Iqtisodiy
ta’limning boshqa fanlardan asosiy farqi - uning hayotga, amaliyotga yaqinligidir.
Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarga maktab davri jarayonida atrofdagi iqtisodiy
vaziyatni, mahalliy sharoitni hisobga olgan holda iqtisodiy bilimlarning u yoki
bu yo‘nalishini o‘qitish darajasini shu vaziyat va sharoitlarga
moslash-tirishni taqozo qiladi. SHuning uchun ham maktablarning turlari-ning
xilma-xilligi, ular joylashgan xududlardagi iqtisodiy hayot, bolalarning
dastlabki bilim darajalaridan kelib chiqib, maktabda “Iqtisodiy bilim asoslari”
fani oyligini o‘tkazishda belgilangan chora-tadbirlarni mahalliy sharoitni
e’tiborga olgan holda va atrofdagi iqtisodiy hayot bilan bog‘lab o‘tkazilishi
maqsadga muvofiqdir.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, bu oylikni o‘tkazish maktab
rahbariyati va tuman xalq ta’limi bo‘limlari va yuqori tashkilotlar bilan kelishilgan
holda echilishi kerak.
Agarda muayyan maktablarda tadbirkorlik faoliyatiga
o‘quvchilarni bevosita jalb qilish imkoniyati bo‘lsa, u holda chora-tadbirlarni
mana shu amaliy faoliyat doirasida va unga bog‘lab belgilansa, ayni muddao
bo‘ladi.
Maktabda “Iqtisodiy bilim asoslari” oyligini
o‘tkazishdan maqsad: o‘quvchilarning yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga
moslashuvini tezlashtirish; ularni umummadaniyat va milliy ahamiyatga ega
boyliklarni o‘rganishga yo‘naltirish;
o‘quvchilarning qiziqishlari va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda
ta’limning tabaqalanishini amalga oshirishni ta’min etish; o‘qituvchilarning
ta’limdagi innovatsiyalari va pedagogik ijodlari uchun yangi imkoniyatlarni
ochish; o‘quvchilarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish; o‘quvchilarning
iqtisodiy madaniyatini yuksaltirish; ularni kelajakdagi amaliy faoliyatga
tayyorlash; ularda tadbirkorlik va ishbilarmonlik xususiyatlarini
shakllantirishdan iboratdir.
iqtisodiyot
Fani oyligini tashkil etish
Umumta’lim
maktablarida iqtisodiyot fani oyligini o‘tkazish yuzasidan Viloyat Xalk ta’lim
boshqarmasi, tuman Xalk ta’limi bo‘limi va maktablarning buyruqlari chiqarilib,
mazkur buyruqlar asosida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Maktabdagi
iqtisodiyot uslubiy birlashmalari tomonidan yillik ish rejasida fan oyligi
uchun belgilangan fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kunlik, haftalik
tadbirlar belgilanadi. Oylik muddati to‘rt haftadan iborat bo‘lib, har bir
hafta uchun aniq bir yo‘nalish asosida tadbirlar rejalashtiriladi. Mazkur
tadbirlar maktabning yillik ish rejasiga kiritiladi, pedagogika kengashida
tasdiqlanib, ijrosi muhokama qilinadi. Fan oyliklarini maqsadga muvofiq, talab
darajasida o‘tkazish maqsadida uslubiy birlashma tomonidan tuzilgan reja fan
uslubiy birlashma yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilib, ma’qullanadi va maktab
direktori tomonidan tasdiqlanadi.
o Iqtisod fan oyligining birinchi haftasida
maktab, tuman, viloyat miqyosida
o‘quvchilarning DTS va o‘quv dasturi bo‘yicha
o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan
bilim, ko‘nikma va malakalarining monitoringi olib boriladi.
o Iqtisod fan xonalarining ko‘rgazmali
qurollar, texnik vositalar, laboratoriya jihozlari, geografik xaritalar, o‘quv
globuslar, didaktik materiallar, o‘quvchilarning darsliklar, o‘quv
qo‘llanmalari bilan ta’minlanganligi o‘rganiladi.
o Iqtisod fan oyligi davomida ommavii axborot
vositalarida, internetning WEB sahifalarida ma’lumotlar berib boriladi.
Iqtisod fanini
o‘qitishning samaradorligini oshirishga
qaratilgan metodik tavsiyalar, dars ishlanmalari, test va nazorat ishlari
to‘plamlari Respublika ta’lim markazi, viloyat, tuman metodika markazlari
metodistlari tomonidan tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir.
Shahar, viloyat
markazlaridagi Universitet, institut fakultet-larining professorlari, olimlari
bilan mazkur fanga qiziquvchan o‘quvchilar uchrashuvlarini tashkil etish, hamda
umumta’lim maktablarining iqtisodiyot fani darsliklari va «Elxolding»,
«Fayz—xolding» kompaniyalari tomonidan yaratilgan o‘quv-laboratoriya jihozlari
mualliflari bilan uchrashuvlar o‘tkazish.
Viloyat, tumanlarda maktab
o‘quvchilarining ijodiy ishlaridan namunalar ko‘rgazmalari tashkil
etiladi.
Maktab, tuman,
viloyat va Respublika miqyosida eng yaxshi uslubiy birlashmalar, ilg‘or
o‘qituvchilarning, metodistlarning ish tajribalari ommalashtiriladi.
Fan oyligining ochilishi
Fan oyligining ochilishida asosan tashkiliy masalalar, ya’ni,
iqtisodiyot fanining sinflar kesimida o‘quvchilarning bilim samaradorligi
ko‘rsatkichlari tahliliy monitoringi jadvali tayyorlanadi. Oylik ish reja aks etgan
devoriy gazeta chiqariladi, OAV orqali fan oyligi haqida ma’lumotlar berib
boriladi, umumiy yig‘ilishlar o‘tkaziladi. Bunda oy davomida belgilangan
tadbirlarni o‘tkazish joylari va vaqti ma’lum qilinadi.
Ochiq darslar
Iqtisod fani bo‘yicha ochiq darslarni o‘tkazishda ilg‘or pedagogik
texnologiyalardan foydalanib, DTS va dastur asosida yozilgan “Eng yaxshi dars
ishlanmalari”, “Eng yaxshi ochik dars” tanlovlari o‘tkaziladi. Viloyatda,
tumanda fan oyligi yakunida eng mukammal dars ishlanmalari tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblari aniqlanib
rag‘batlantiriladi va keng miqyosda foydalanishga tavsiya etiladi.
Iqtisodiyot fani
oyligi davomida ta’lim muassasalaridagi o‘quv-metodik ta’minotni yo‘lga qo‘yish
Iqtisodiyot fani
oyligi 2007-2008 o‘quv yilining birinchi oyida o‘tkazilishi bu o‘quv yilini
muvaffaqqiyatli boshlash va butun o‘quv yili davomida iqtisodiyot fanining
nufuzini oshirish va bu fanning maktab o‘quv rejasidagi eng muhim fanlar
qatoriga qo‘shish uchun zamin tayyorlashga xizmat qiladi.
Shuning uchun ham
iqtisodiyot fani oyligini o‘tkazishda eng avvalo, bu oyni “Iqtisodiy ta’lim va
moliyaviy savodxonlik samaradorligini oshirish” o‘quv yilini unumli o‘tkazish
uchun tayyorgarlik ko‘rish va bu o‘quv yilini rejali va maqsadga yo‘naltirilgan
holda boshlash oyiga aylantirish lozim.
Yangi o‘quv yili
iqtisodiy ta’lim oldiga muhim maqsad va vazifalarki qo‘yganligi munosabati
bilan bu o‘quv yiliga faqatgina iqtisodiyot fani o‘qituvchilarigina emas, balki
boshlang‘ich sinflardan boshlab, yuqori sinflar barcha yo‘nalishlaridagi fan
o‘qituvchilarning iqtisodiy bilimlarini egallashlari va iqtisodiy bilimlarni
o‘z fanlari tarkibiga integratsiyalash bo‘yicha metodik tayyorgarlik
ko‘rishlari birinchi galdagi vazifalardandir.
Shuni e’tiborga
olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi Respublika ta’lim
markazi (RTM) tomonidan barcha yo‘nalishlardagi fan o‘qituvchilari uchun
quyidagi metodik tavsiyalarni ishlab chiqqan va o‘quv yili boshlanguniga qadar
barcha ta’lim muassasalariga yetkazishni rejalashtirgan:
1.
O‘zbekistonda iqtisodiy ta’lim 2007-2008 o‘quv yilini “Ta’lim muassasalarida
iqtisodiy ta’lim va moliyaviy savodxonlik samaradorligini oshirish o‘quv yili”
deb nomlanishi munosabati bilan umumiy tavsiyalar.
2.
Iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarni boshqa fanlar tarkibida berish
bo‘yicha metodik tavsiyalar (fan yo‘nalishlari bo‘yicha):
— Boshlang‘ich
maktabda “Iqtisodiyot alifbosi” kursini boshqa fanlar tarkibida o‘qitish (1, 2,
3, 4-sinf) 5-7-sinflarda “Iqtisodiyot saboqlari” kursini boshqa fanlar tarkibida
o‘qitish (5, 6, 7 sinflar bo‘yicha).
O‘quvchilar uchun
iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarni boshqa fanlar orqali egallashlariga
yordam beradigan quyidagi o‘quv qo‘llanmalar ta’minotini yo‘lga qo‘yish ham
Iqtisodiyot fani oyligining eng muhim vazifalaridan biridir.
RTM “Iqtisodiyot”
ixtisoslashgan ilmiy-metodik kengashi tomonidan tavsiya qilingan quyidagi o‘quv
qo‘llanmalar nashriyotlar bilan kelishilgan holda erkin savdoga chiqarilib ish
rejalashtirilmoqda:
1. “Iqtisodiyot
alifbosi” – 1, 2, 3, 4 sinflar uchun;
2.
“Iqtisodiyot saboqlari” – 5, 6, 7 sinflar uchun;
3.
“Iqtisodiyot saboqlari” (amaliy mashg‘ulotlar) – 5, 6, 7 sinflar uchun.
Ushbu
o‘quv qo‘llanmalar bilan o‘quvchilarning ta’minlanganligiga erishish Iqtisodiyot
fani oyligining samarali o‘tishiga hissa qo‘shadi.
Sinfdan
tashqari ishlar
Iqtisod
fani oyligida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o‘quvchilarning bo‘sh
vaqtlarini rejalashtirishda, o‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va
malakalarini mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratiladi. Bu yo‘nalishdagi ishlar
fan to‘garagi taqdimotlari shaklida, “Nima, qayerda, qachon”, “Eng bilimdon
iqtisodchi”, “Maktab iqtisodiyoti”, “Siz iqtisodni bilasizmi”, “Eng zukko
iste’molchi”, “Bizning iqtisodiy loyiha” kabi mavzularida fan bilimdonlari
bellashuvlari, bahs-munozara tarzida tashkil etish tavsiya etiladi.
Maktablarda, tuman, viloyat
miqyosida o‘quvchilar o‘rtasida
1. “Shaxs va iqtisodiyot”, “Shahrim (qishlog‘im)
iqtisodiyoti”, “O‘zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyoti sari” yo‘nalishlarida referatlar tanlovlari tashkil
qilinadi.
2. “Xizmat muomalasi” mavzusida disput
o‘tkaziladi.
3. Qishloq tumanlari va maktablarida “Qishloq
xo‘jaligi iqtisodiyoti” mavzusida kurs ishlari tayyorlanishi tashkil qilinadi, ularni
tayyorlashda o‘quvchilarning keng ishtiroki ta’minlanadi va kurs ishining
taqdimoti oylik yakunida tashkil qilinadigan maxsus konferensiyada amalga
oshiriladi.
Fan oyligini yakunlash
Iqtisod fan
oyligi yakuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkaziladi. Ushbu tadbir maktab, tuman,
viloyat raxbariyatining o‘qituvchilar jamoasini yoshlarga bilim berishdagi
qilgan mehnatlarining sarhisobini, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish borasida qilingan ishlarni qadrlash va baholash maqsadida
tashkil qilinadi. Fan oyligi davomida (maktab, tuman, viloyat miqyosida)
o‘tkazilgan turli tadbirlarda faol qatnashgan fan o‘qituvchilari va o‘quvchilar
taqdirlanadilar.
Fan oyliklari o‘tkazilishi yuzasidan bajarilgan ishlar
yakuniy natijalari haqida tuman, viloyat ta’lim markazlariga (3 kun muddatda),
viloyat ta’lim markazlari Respublika ta’lim markazi fan bo‘limi
mutaxassislariga (1 xafta muddatda) hisobot topshiradilar.
Hisobotlarni quyidagi jadval asosida topshirishni tavsiya
qilamiz.
Iqtisod fani bo‘yicha
o‘tkazilgan fan oyligi
hisobotini topshirish tartibi
1. Fan oyliklarini o‘tkazish bo‘yicha viloyat,
tuman, maktab buyruqlari va ularning monitoringi.
2. Fan oyliklarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan
tashkiliy qo‘mita tarkibi va o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnoma qarori.
3. Fan oyligini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan ish
reja va chora-tadbirlar hamda ularning monitoringi.
4. Fan oyligini o‘tkazish jarayonida tahlil
qilingan ochiq darslar orasidan viloyat, respublika miqyosida ommalashtirishga
tavsiya etilgan darslar ro‘yxati.
5. Ijtimoiy fanlarning rivojlanishiga hissa
qo‘shayotgan insonlar bilan o‘tkazilgan davra suhbatlari dasturi va
ma’lumotnomasi.
6. Fan oyligi davomida o‘quvchilar,
o‘qituvchilar va keng jamoatchilik tomonidan berilgan taklif va mulohazalar.
7. Fan oyliklari o‘tkazilishining ommaviy
axborot vositalarida yoritilishi.
iqtisodiyot fani
oyligida 8-9 sinflar
o‘quvchilari
o‘rtasidagi disput o‘tkazish
“Iqtisodiy
bilim asoslari” fani oyligi doirasida maktabda o‘quvchilarning iqtisodiy
vaziyatlardagi muomala madaniyatini oshirish va ularni bo‘lg‘usi tadbirkorlik
faoliyatning sub’ekti sifatidagi xizmat muomalasi qonun-qoidalari bilan
tanishtirish maqsadida davra suhbati o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Bunda o‘quvchilarga
o‘zlarini tadbirkorlik faoliyati sub’ekti sifatida tasavvur qilib quyida
berilgan yo‘nalishlar va savollar asosida diskussiya qilishga chaqiriladi.
Davra suhbati disput tarzida olib borilsa va bahs-munozaralar ostida o‘tkazilsa
ayni muddao bo‘ladi.
“Iqtisodiy bilim asoslari” fani oyligi davrida
maktabda 8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida
o‘tkaziladigan disput
Umumiy mavzu: “Xizmat muomalasi”
|
O‘rtaga tashlanadigan savollar |
Nima uchun muomala qilishga o‘rganish
kerak?
|
1-ma’ruza: Muomala madaniyati ahloqlikning namoyon bo‘lishi sifatida
|
|
Biz muomala qilishni bilamizmi? Qanday qilib
muomaladan qoniqish hosil qilish mumkin? |
|
Etikaning kelib chiqishi va ahloqiy asoslari
bo‘yicha qanday ma’lumotlarga egasiz? |
|
Muomala madaniyati nimada namoyon bo‘ladi?
O‘zingni va boshqalarni bilishni o‘rganishing uchun nima alab qilinadi? |
|
Xizmat muomalasi kundalik muomaladan nimasi
bilan farq qiladi? |
Xizmat muomalasi
madaniÿtini namoyon qilish shakllari
|
|
Xizmat muomalasi tili: ishbilarmon nutqi |
|
Imo va mimikalar tili – u nima haqida
gaïiradi? |
|
Nima uchun biz ba’zan bir-birlarimizni
tushunmaymiz? |
|
Tadbirkor o‘zini shunday tutmasligi kerak:
Siz ishbilarmonlarga qanday amaliy maslahatlar bergan bo‘lar edingiz? |
Xizmat qog‘ozlarini
rasmiylashtirish
|
|
Rasmiy hujjatlarni rasmiylashtirish
zarur deb o‘ylaysizmi? |
|
Xizmat o‘zaro yozishmalariga layoqatingiz va
toqatingiz qanday? |
|
Xizmat muzokaralarini telefon orqali olib borish mumkinmi? |
Davra
suhbatini o‘quvchilarni sinflariga va yoshlariga mos ravishda, ularni
qiziqtiruvchi tadbirkorlik faoliyatlarini tanlatib, shu asosida auditoriya
tashkil qilinsa, uning samarasi keskin oshadi.
Tadbirkorlik
faoliyati turlari: 1. Savdo-sotiq; 2. Ishlab chiqarish; 3. Vositachilik; 4.
Xizmat ko‘rsatish; 5. Moliyaviy faoliyat; 6. Ijtimoiy soha; 7. Qishloq
ho‘jaligi; 8. Shou-biznes.
“Iqtisodiy
bilim asoslari” fani oyligini o‘tkazish davrida maktabning 8-sinf o‘quvchilari
tomonidan tayyorlanishi lozim bo‘lgan referatlar mavzuiy rejasi
Umumiy yo‘nalish: “Shahrim (qishlog‘im)
iqtisodiyoti”.
|
ą |
MAVZULARi |
|
1. |
Bizning shahar (qishloq)ning o‘ziga xos tarixiy-jug‘rofiy xususiyatlari |
|
2. |
Shahar (qishloq) xo‘jaligi – O‘zbekiston
xo‘jaligining mikromodeli sifatida |
|
3. |
Bizning shahar (qishloq) xo‘jaligi |
|
4. |
Shahar (qishloq) xo‘jaligi tuzilishi |
|
5. |
Sanoat, transport va savdo rivoji |
|
6. |
Infratuzilmaning rivoji |
|
7. |
Shahar (qishloq)
rivojlanishining istiqbollari |
|
8. |
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot |
|
9. |
Ekologik-iqtisodiy taraqqiyot |
|
10. |
Moliyaviy-iqtisodiy taraqqiyot |
|
11. |
Bozor munosabatlari tizimida shahar (qishloq)
xo‘jaligi |
|
12. |
Shahar (qishloq) xo‘jaligi taraqqiyotida tadbirkorlikning roli |
|
13. |
Shahar (qishloq) mulkining ob’yektlari va
sub’yektlari |
|
14. |
Shahar (qishloq) xo‘jaligi tizimida iqtisodiy
aloqalar |
|
15. |
Shahar (qishloq) xo‘jaligining davlat va mahalliy
hokimiyat tomonidan tartibga solib turilishi |
“Iqtisodiy
bilim asoslari” fani oyligini
o‘tkazish
davrida maktabda 9-sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlanishi lozim bo‘lgan
referatlarning mavzuiy rejasi
Shaxs
va iqtisodiyot
|
ą |
Mavzu |
|
1. |
Jamiyatning iqtisodiy modellari |
|
2. |
Davlat
taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari
|
|
3. |
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining o‘ziga xos xususiÿtlari |
|
4. |
Inson – iqtisodiyotning bosh qatnashchisi |
|
5. |
Iqtisodiy faoliyat |
|
6. |
Iqtisodiy faoliÿt ko‘rinishlari va uni
amalga oshirish yo‘llari |
|
7. |
Ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy
faoliÿt |
|
8. |
Taqsimot va ayirboshlash sohasida iqtisodiy
faoliyat |
|
9. |
Iste’mol sohasida iqtisodiy faoliyat |
|
10. |
Iqtisodiy munosabatlar |
|
11. |
Iqtisodiy manfaatlar va ehtiyojlar |
|
12. |
Iqtisodiy munosabatlarning ko‘rinishlari |
|
13. |
Inson – iqtisodiy munosabatlar sub’yekti |
|
14. |
Shaxsiy menejment asoslari |
|
15. |
Shaxsiy resurslardan foydalanishni oqilona
tashkil qilish |
|
16. |
Hayotiy faoliyatni oqilona tashkil qilish |
Qishloq
joylardagi maktablar o‘quvchilari uchun “Iqtisodiy bilim asoslari” fani oyligi davrida
bajarilishi lozim bo‘lgan Kurs ishi referatlari mavzulari.
Kurs ishining umumiy mavzusi:
“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”
|
ą |
Referatlar mavzulari va ularda
yoritilishi lozim bo‘lgan qishloq xo‘jaligining bozor munosabatlariga o‘tishi |
|
Ref 1 |
Dehqon xo‘jaligini tashkil
qilishning iqtisodiy va huquqiy asoslari |
|
1. |
O‘zbekiston Resïublikasining qishloq
xo‘jaligi bo‘yicha qonunchiligi |
|
2. |
Dehqon
(fermer) xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlari |
|
3. |
Qishloq xo‘jaligida korxonalarning turlari, Ularni tuzish va yer
maydonini olish tartibi |
|
4. |
Qishloq xo‘jaligi tadbirkorining mulki |
|
5. |
Korxonalarni moddiy-texnikaviy ta’minlash
tartibi |
|
6. |
Pul mablag‘larini shakllantirish. Qishloq xo‘jaligini moliyalash va
kreditlash |
|
7. |
Qishloq xo‘jaligida hisob-kitob |
|
8. |
Qishloq xo‘jaligi daromadlaridan soliq
undirish |
|
9. |
Qishloq xo‘jaligidagi mehnat. Ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot |
|
Ref 2 |
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish
va tijorat faoliyati |
|
1. |
Korxonining ixtisoslashuvi |
|
2. |
Texnika-moliyaviy ta’ |
|
3. |
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab
chiqarishni rejalashtirish |
|
4. |
Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot
tannarxi |
|
5. |
Foyda va uning taqsimoti |
|
6. |
Qishloq xo‘jaligi korxonasi faoliyatining
iqtisodiy tahlili |
|
Ref 3 |
Qishloq xo‘jaligida mahsulotlarni
saqlash va qayta ishlash |
|
1. |
Mahsulotlarni saqlash va qayta ishlashning
iqtisodiy mohiÿti. Isrofgarchilik bilan kurashish |
|
2. |
Dehqonchilik mahsulotlarini saqlash va qayta
ishlash |
|
3. |
Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta
ishlashning o‘ziga xos xususiÿtlari |
|
Ref 4 |
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
sotish muammosi |
|
1. |
Qishloq xo‘jalik mahsulotining marketingi.
Raqobat |
|
2. |
Yangi iqtisodiy sharoitlarda narxning
shakllanish mexanizmi |
|
3. |
Ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarish va
sifat |
|
4. |
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini taqsimlash
usullari. Chakana va ulgurji savdo |
|
5. |
Tovarlarni bozorga chiqarish. Reklama |
|
Ref 5 |
Fermerning
iqtisodiy savodxonligi – xo‘jalikning iqtisodiy
rivojlanish sharti |
|
1. |
Qishloq xo‘jaligida menejment |
|
2. |
Qishloq xo‘jaligida mehnatni ilmiy tashkil
qilish |
|
3. |
Fermerning o‘z bilim darajasini oshirish borasilagi ishi |
Bu kurs ishini bajarish uchun tarkibiga har-xil
yoshdagi o‘quvchilar kiritilgan 30-35 o‘quvchidan iborat maxsus guruhlar
tuziladi. Bu guruhlar o‘z navbatida alohida referatlarni
bajarish uchun kichik guruhlarga bo‘linadi. Referatlarni bajarish uchun 10 kun
muhlat beriladi va referatlarni to‘plab ularni yahlit kurs ishi ko‘rinishiga
keltirish uchun maxsus umumlashtiruvchi kengash tuziladi. Kengashga har bir
kichik guruh o‘zining vakilini saylaydi. Umumlashtiruvchi guruh 5 kun davomida
alohida referatlardan yahlit kurs ishini tayyorlaydi va umumiy majlisga
taqdim qiladi. Taqdimot 4 soatdan iborat konferensiya tarzida o‘tkazilishi
maqsadga muvofiqdir.
“Iqtisodiy bilim asoslari” fani oyligi doirasida
maktabda yaratiladigan
Veb-sayt (Web-site)lar
“Maktabimning virtual taqdimnomasi” (kompyuterlashtirilgan va internet tizimiga
ulangan
maktablar uchun)
Oylik doirasida maktab o‘quvchilari
ichidan informatsion texnologiyalarga qiziquvchan o‘quvchilardan tashkil topgan
bir necha komanda tuziladi. Ular o‘zlariga nom tanlashadi va o‘zlarining
maktabining taqdimnomasi maqsadiga bag‘ishlangan “Veb-sayt”larini yaratadilar.
“Veb-sayt” asosan quyidagilarni o‘z
ichiga olishi shart:
1. Maktab nomi, pochta, elektron manzili;
2. Maktabning umumiy yo‘nalishi:
— umumta’lim maktabi;
— ixtisoslashgan maktab;
— ixtisoslashgan litsey;
3. Agar ixtisoslashgan bo‘lsa ixtisoslashuv yo‘nalishlari;
4. Chuqurlashtirib o‘tiladigan
fanlar ro‘yhati;
5. O‘quvchilar soni;
6. Pedagog va texnik xodimlar
soni;
7. Maktabning tashkiliy tuzilmasi
tarxi;
8. Maktabning boshqaruv tizimi
tarxi;
9. O‘quvchilarning o‘z-o‘zini
boshqaruv organlarining tuzilish tarxi;
10. Maktabning umumiy
jug‘rofiy-xududiy va tashkiliy tavsifnomasi;
11. Maktabning iqtisodiy ahvoli
to‘g‘risida ma’lumotlar;
12. Maktab kutubxonasi fondi
to‘g‘risida ma’lumotlar;
13. Maktab o‘quvchilarining
olimpiada, tanlov va oliy o‘quv yurtlariga, akademik litsey, kasb-hunar
kollejlariga kirish imtihonlarida erishgan natijalari.
14. Maktab o‘qituvchilarining har
xil tanlovlarda erishgan natijalari;
15. Maktabning o‘zining erishgan
alohida yutuqlari;
16. Maktabning faxrlari:
— g‘olib o‘quvchilar;
— o‘qituvchilar;
17. Maktabni bitirgan ko‘zga ko‘ringan atoqli
shaxslar:
— olimlar;
— yozuvchilar;
— shoirlar;
— san’atkorlar;
— rahbar xodimlar.
18. Maktab faxriylari: maktabda ishlab qarilik pensiyasiga
chiqqan muallim-ustozlar to‘g‘risida ma’lumotlar.
19. Maktabning tashqi aloqalari:
— tuman doirasida;
— viloyat doirasida;
— O‘zbekiston bo‘yicha;
— chet o‘lkadagi maktablar
bilan olib berilgan yoki olib borilayotgan o‘zaro aloqalar bo‘yicha
ma’lumotlar.
20. Maktab o‘quvchilarining va o‘qituvchilarining
ijodiy ishlaridan namunalar:
— she’rlar;
— hikoyalar;
— maqolalar;
— ilmiy izlanishlar natijalari;
— biznes g‘oyalar;
— biznes rejalar;
— dars ishlanmalari;
— o‘quv-uslubiy materiallar.
“Iqtisodiy
bilim asoslari” fani oyligi doirasida o‘tkaziladigan sinflararo
“Bosma
nashrlar tanlovi”
Maktabdagi “Iqtisodiy bilim asoslari” oyligi doirasida
“Bosma nashrlar tanlovi” uchun tayyorlanadigan
“Yosh iqtisodchi” bosma nashri mazmun-rejasi
I
bo‘lim. Maktabdagi “Iqtisodiy bilim asoslari”
fani oyligi haqida.
1. Maktabdagi “Iqtisodiy bilim
asoslari” fani oyligi davomidagi qilinadigan ishlar bo‘yicha brifing materiallari.
2. Eng yaxshi “Biznes reja”
tanlovining g‘olibi bo‘lgan loyiha taqdimoti;
3. Eng yaxshi ochiq dars haqida
ma’lumot;
4. Oylik davomida o‘tkazilgan
“Iqtisodiy bilimdon va zukkolar” tanlovi haqida ma’lumot;
5. Maktabdagi “Iqtisodiy bilim
asoslari” fani oyligi doirasida o‘tkazilgan “Referatlar tanlovi” g‘oliblari to‘g‘risida ma’lumot;
6. “Kurs ishlari tanlovi”
g‘oliblari haqida ma’lumotlar.
II bo‘lim. “Maktabimiz
iqtisodiyoti”.
1. Maktabning mulklari va ularning turlari
haqida;
2. Maktab kutubxonasi fondi haqida;
3. Maktab oshxonasi haqida;
4. Maktab ustaxonasi haqida;
5. Maktabda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
faoliyatining umumiy tafsilotlari.
III
bo‘lim. Respublikamiz iqtisodiy hayotidan.
1. Mamlakatimizning iqtisodiy
hayotidan lavhalar;
2. Mamlakatimizning istiqbolli
investitsion loyihalari haqida;
3. O‘zbekiston Respublikasi jahon
bozorida.
IV bo‘lim. Xalqaro
iqtisodiyot yangiliklari.
1. Jahon iqtisodiyotida ro‘y
berayotgan global ahamiyatga ega voqealar;
2. Jahon bozoridagi yangi
texnologik ixtirolar haqida.
V
bo‘lim. “Iqtisodiy tafakkur” sahifasi.
Iqtisodiyot va biznesga oid
masalalar, topshiriqlar, testlar, boshqotirmalar, topishmoqlar, krossvordlar va
rebuslar.
VI
bo‘lim. Internetdan qisqacha ...
Maktab o‘quvchilari tomonidan
internet tarmog‘i orqali olingan qisqa va qiziqarli ma’lumotlar.
VII bo‘lim. Iqtisodiy mavzudagi
qiziq hangoma va latifalar.
Bosma nashr — 1 sahifadan iborat A1
formatdagi devoriy gazeta,
4
sahifadan iborat A3 formatdagi gazeta yoki 16 sahifadan iborat A5 formatdagi
jurnal ko‘rinishida
bo‘lishi lozim.
Bosma nashrdagi barcha materiallar maktab
o‘quvchilari tomonidan tayyorlanishi va tahrir qilinishi shart.
Bosma nashlarni baholash uchun maxsus
hakamlar hay’ati saylanadi va unga: maktab rahbarlari, o‘qituvchilar,
o‘quvchilar va chetdan taklif qilingan mehmonlar kiritiladi.
“Iqtisodiy bilim asoslari” fani oyligi
doirasida
quyi sinflar o‘quvchilari o‘rtasida
o‘tkazilishi lozim bo‘lgan
tadbirlar
“Iqtisodiy
bilim asoslari” fani oyligi doirasida quyi sinf o‘quvchilari o‘rtasida ham iqtisodiy
ta’lim-tarbiya bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi lozim. Bunda boshlang‘ich (1-4)
sinflarda va 6-7 sinflarda olib boriladigan tadbirlar, ularning yosh va
psixiologik xususiyatlarini, ularning hayotiy tajribalarining va qiziqishlarini
e’tiborga olgan holda tashkil qilinishi zarur.
Ushbu
tadbirlarning asosiy maqsadi quyi sinf o‘quvchilarida ko‘p ishlatiladigan
iqtisodiy tushunchalar haqida birlamchi tasavvurlarni shakllantirishni, mehnat
vositalari va natijalariga nisbatan tejamkorlik munosabatini tarbiyalashni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
1-2 sinf o‘quvchilari uchun bilim, ko‘nikma va
malakalarning eng kam majburiy miqdori quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
pulning kelib chiqishi; daromadlar va xarajatlar; daromadlar manbai (ish haqi,
qarilik nafaqasi, stipendiya va boshqa
nafaqalar); oila mulklari; mehnat-daromad manbai; tovar, narx, mahsulot;
tejamkorlik; xaridor va sotuvchining o‘zaro munosabatidagi madaniyati;
3 sinf o‘quvchilarining quyidagi bilim, ko‘nikma
va malakalarni tushunchalarni o‘zlashtirishlariga erishish lozim: boylik,
tabiat va madaniyat boyliklari, insonlarning boylikka munosabati; tabiiy
resurslar: boylik va inson mehnati; mulk tushunchasi.
4 sinf o‘quvchilari uchun tavsiya etiladigan mazmun: maktab iqtisodiyoti haqida
tushuncha; maktab mulki; maktab jihozlari, kitoblar va o‘quv ko‘rgazmali
qurollar; kommunal xizmatlar qiymati; o‘z narsalariga va maktab mulkiga
tejamkorlik, xo‘jayinlik ho‘jayinlik hissini shakllantirish; jamiyat mulkini
saqlash haqida g‘amxo‘rlik qilish, kutubxona fondlarini saqlash bo‘yicha
iqtisodiy faoliyatda ishtirok etish; o‘z kuchlari bilan didaktik materiallar va
o‘quv qo‘llanmalarini yaratish; suv, elektr, o‘quv qurollarini, maktab
oshxonasidagi jihozlarni, oziq-ovqat mahsulotlarini tejash, nonni e’zozlash;
ichki tartibga amal qilish.
“Iqtisodiy bilim asoslari” fani
oyligi doirasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilish nazarda
tutilgan suhbatlar quyidagi yo‘nalish va mavzularda tashkil qilinishi va
o‘tkazilishi, ular quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga erishishlariga
shart-sharoitlar yaratish lozim.
1—2-sinflar
Asosiy yo‘nalish: Iqtisodiyot nima?
I suhbat. Ehtiyojlar va imkoniyatlar.
1-mavzu: Odamlar yashashi
uchun qanday narsalar kerak bo‘ladi?
BKMlar: Moddiy ehtiyojlar:
suv, havo, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, turli jihozlar, buyumlar va
boshqalar.
2-mavzu: Odamlarning
yashashi uchun faqat moddiy ehtiyojlar — turli xil narsalarning o‘zi etarlimi?
BKMlar: Ma’naviy
ehtiyojlar: bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj.
3-mavzu: Hohish va istak.
Hohish va istaklarning ko‘pligi. Hamma vaqt ham odamlar o‘z orzulariga
etishadimi?
BKMlar: Sizning shu
kunlardagi ehtiyojingiz, hohish va istaklaringiz. Ularga erishish
imkoniyatlaringiz. Hohish va istaklaringiz ichidan tanlovingiz. Ushalgan va
ushalmagan orzularingiz.
II suhbat. Mehnat. Ishlab chiqarish.
1-mavzu: Odamlar nima uchun
mehnat qiladilar?
BKMlar: Mehnat.
Mehnatsevarlik. YAlqovlik. Boy odam. Kambag‘al odam.
2-mavzu: Kimlar qayerda
ishlaydi?
BKMlar: Kasb va hunarlar.
Bilim nima uchun kerak?
3-mavzu: Nima qayerda
ishlab chiqariladi?
BKMlar: Korxonalar va
ularning turlari. Mehnatning
mahsuli — mahsulot va uning turlari.
III suhbat. Bozor va savdo-sotiq.
1-mavzu: Tovar nima?
BKMlar: Hamma mahsulot ham
tovar bo‘ladimi? Xizmatlar va ularning turlari.
2-mavzu: Nima qayerda
sotiladi?
BKMlar: Xizmat ko‘rsatish
shahobchalari. Do‘konlar. Katta supermarketlar.
3-mavzu: Bozorlar va
ularning turlari.
BKMlar: Sotuvchi va
xaridor. Ular orasidagi savdo madaniyati. Bozor va do‘konlardan kerakli
narsalarni xarid qilish. Siz qanday bozorlarni bilasiz?
IV suhbat. Pul va narx.
1-mavzu: Pul bo‘lmagan
paytlarda odamlar qanday yashaganlar?
BKMlar: Ayirboshlash. Nima
uchun hozir tovarni tovarga ayirboshlash kam qo‘llanilayapti?Pulning paydo
bo‘lishi qanday qulayliklarga olib keldi?
2-mavzu: Pul nimaning
evaziga topiladi? Pul turlari.
BKMlar: Mehnat. Pul birliklari. Qog‘oz pullar va tangalar.
3-mavzu: Nima qancha
turadi?
BKMlar: Tovar narxi. Xizmat
haqi. Mahsulot narxi nimalarga bog‘liq? Nima arzonu, nima qimmat? Nega?
3-SINF
Yo‘nalish: Oila. Boylik va odamlar
I
suhbat. Oila iqtisodiyoti.
1-mavzu: Oilaning daromad manbalari.
BKMlar: Ish haqi, qarilik
pensiyasi, stipendiya, nafaqa va boshqalar.
2-mavzu: Oila xarajatlari.
BKMlar: oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy jihozlari va boshqalarga sarf-xarajatlar.
3-mavzu: Oilada iqtisodiyot va
tejamkorlik.
BKMlar: uvol, insof, savob,
baraka.
II suhbat. Mulk.
1-mavzu: Mulk nima?
BKMlar: Bu narsa — meniki.
Bu narsa — seniki. Bu narsa — bizniki.
2-mavzu: Mulk turlari
BKMlar: SHaxsiy mulk.
Oilaviy mulk. Jamoa mulki. Maktab jamoasi mulki. Davlat mulki.
3-mavzu: Mulk va uning
egasi.
BKMlar: Xo‘jayinlik hissi.
Hamma narsaning egasi bo‘lgani yaxshimi? Mulk tejamkor kishini yaxshi ko‘radi.
III suhbat. Boylik.
1-mavzu: Boylik nima?
BKMlar: Qanday boyliklarni
bilasiz? Tabiiy boyliklar. Moddiy va ma’naviy boyliklar.
2-mavzu:
BKMlar: Ixtiro va
kashfiyotlar. Tarixiy yodgorliklar, san’at va badiiy asarlar.
3-mavzu: Qanday odamni boy
desa bo‘ladi?
BKMlar: Boylikning manbalari. Kishi boy bo‘lishi uchun albatta
puli ko‘p bo‘lishi shartmi?
IV suhbat. Tadbirkor kishilar.
1-mavzu: Tadbirkorlar
kimlar?
BKMlar: Ular nimasi bilan
boshqalardan ajralib turadi? Tadbirkorlar
nima bilan shug‘ullanadilar?
2-mavzu: Tadbirkor va
boylik.
BKMlar: Tadbirkorlik —
boylik manbai. Uddaburonlik. Tejamkorlik. Ishbilarmonlik. Siz tadbirkor
bo‘lganingizda...
3-mavzu: Firma nima?
BKMlar: Qanday firmalarni
bilasiz? Ular nima bilan shug‘ullanadilar?
4-SINF
Yo‘nalish: Maktab iqtisodiyoti
I suhbat. Maktab kutubxonasining iqtisodiyoti.
1-mavzu: Kutubxona
jihozlari.
BKMlar: Kutubxonada qanday jihozlar
bor? Ular nima uchun kerak? Ular kimniki?
2-mavzu: Kitoblar va o‘quv
qo‘llanmalari.
BKMlar: Kitob bizning
do‘stimiz. Kitoblar va o‘quvchilar. Kitoblardan foydalanish tartibi.
3-mavzu: O‘quvchi kutubxona
kitoblarini saqlash bo‘yicha iqtisodiy faoliyat qatnashchisi.
BKMlar: Kitobni asrab
avaylash hammaning burchi. Kitobni yirtish uvol.
II suhbat. Maktab oshxonasi iqtisodiyoti.
1-mavzu: Oshxona jihozlari.
BKMlar: Qozon, o‘choq, gaz
plitasi, idish-tovoq, qoshiq, vilka va boshqalar.
2-mavzu: Oshxona
xarajatlari va daromadlari.
BKMlar: Oshxona
xarajatlari. Ularga nimalar kiradi?Oshxona daromadlari. Ularga nimalar kiradi?
3-mavzu: Oshxonadagi
mahsulotlarni tejab-asrash har bir o‘quvchining burchi.
BKMlar: Ovqatni keragicha olish.
Nonni asrash. Uvol. Zavol. Tejamkorlik.
III suhbat. Maktab ustaxonasining iqtisodiyoti.
1-mavzu: Ustaxona
jihozlari.
BKMlar: Ustaxonada qanday
jihozlar va asbob-uskunalar bor? Ular qanday ishlatiladi?
2-mavzu: Ustaxonadagi
xom-ashyo materiallari va mahsulotlar.
BKMlar: Qanday xomashyo
mahsulotlarini bilasiz? Ustaxonada tayyorlanadigan mahsulotlar. Ustaxonada
nimalarni yasash mumkin?
3-mavzu: Ustaxonada
ishlab qanday daromad
olish mumkin?
BKMlar: Ustaxona
xarajatlari. Ustaxona daromadlari.
IV suhbat. O‘quv tajriba maydoni.
1-mavzu: O‘quv tajriba
maydonidagi iqtisodiy faoliyat.
BKMlar: O‘quv tajriba
maydoni nimaga xizmat qiladi? Unda qanday ishlar amalga oshiriladi?
2-mavzu: O‘quv tajriba maydonidagi
faoliyatni tashkil etish.
BKMlar: Ishni boshqarish.
Uyushtirish.
3-mavzu: O‘quvchi iqtisodiy
faoliyat qatnashchisi.
BKMlar: Siz o‘quv tajriba
maydonida ko‘maklashganmisiz? Buni iqtisodiy faoliyat desa bo‘ladimi? Nima
uchun?
V suhbat. Kommunal xizmatlar bahosi.
1-mavzu: Suv uchun haq to‘lash.
BKMlar: Suv uchun to‘lov
nima uchun kerak? Suvni tejab avaylash.
2-mavzu: Elektr uchun haq
to‘lash.
BKMlar: Elektr haqini qay
tariqa to‘lanadi? Elektrni asrab foydalanish.
3-mavzu: Gaz uchun haq
to‘lash.
BKMlar: Gaz uchun haq to‘laganda
nimalarga e’tibor berish kerak?
VI suhbat. Maktab iqtisodiyotidagi o‘quvchining o‘rni.
1-mavzu: O‘z narsalariga va
maktab mulkiga tejamkorlik.
BKMlar: Sizning o‘z
mulklaringiz. Maktab mulklari. Ularni asrab avaylash.
2-mavzu: O‘z kuchi
bilan ko‘rgazmali o‘quv
qurollarini yasash.
BKMlar: Qanday o‘quv
qurollarini yoki ko‘rgazmali qurollarni yasay olasiz? YAsagan narsalaringiz.
3-mavzu: Xo‘jayinlik hissi.
BKMlar: Siz mulkdorsiz. Mulklaringizga
qanday munosabatda bo‘lasiz? Mulkning yaxshi xo‘jayini qanday bo‘lishi kerak?
iqtisoddan “fan oyligi”ni o‘tkazish bo‘yicha ijtimoiy fanlar
bo‘limining chora-tadbirlari
