Iqtisodiy ta’lim bo‘yicha sinfdan
tashqari ishlar
Iqtisodiy
ta’lim tarbiya sohasida sinfdan tashqari
ishlarning ahamiyati ham beqiyosdir. 1998–99 o‘quv yilidan boshlab har o‘quv yilida
o‘tkazilib kelinayotgan Respublika sirtqi televizion olimpiada, “Tong yulduzi” gazetasida o‘tkazilayotgan “Iqtisodiyotdan saboqlar” sirtqi maktab konkursi, zukko iqtisodchi yoshlarning “ZIYO” klubi sahifalari, “Sinfdosh” jurnalida e’lon qilingan, “YOsh iqtisodchilar” ko‘rik konkurslariga qatnashish darsdan tashqari ishlarni tashkiliy o‘zagini tashkil qiladi. Oxirgi yillarda bu tadbirlarga Respublikaning minglab o‘quvchilari qatnashishdi.
Sinfdan tashqari ishlar ko‘lami
faqat Respublika miqyosidagi tadbirlar bilan chegaralanib qolmasdan, har bir sinfda har
bir maktabda, har bir tuman
va viloyatlarda turli xil miqyoslarda
olib borilishi lozim. Bu tadbirlar iqtisodiy to‘garak, iqtisodiy kechalar, devoriy gazetalar, ekskursiyalar, o‘lka iqtisodiyotini o‘rganish bo‘yicha ekspeditsiyalar
tarzda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
Shu bilan bir qatorda maktabdanoq
o‘quvchilarda tadbirkorlik xususiyatlarini tarbiyalash sohasida, maktablarda o‘quvchilar kuchiga tayanadigan maktab kichik korxonalarini ochib, korxonani boshqarish, xo‘jalik va ishlab chiqarish
sohalarida yuqori sinf o‘quvchilarini jalb etish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Bu bir tomondan maktabni mablag‘ bilan ta’minlash
masalasini qandaydir darajada hal qilishga
yordam bersa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarni darsdan bo‘sh paytlarida amaliy ish bilan
shug‘ullanishga, korxona iqtisodiyotini amalda o‘rganishlariga va tadbirkorlik sir–asrorlaridan xabardor bo‘lishlariga yordam beradi.
O‘RTA UMUMIY TA’LIM MAKTABLARIDA
HISOBIGA O‘QITILUVCHI AYRIM
IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QO‘SHIMCHA MAXSUS KURSLARNING
O‘QUV MAVZUIY REJALARI
Iqtisodiy
ta’limning boshqa fanlardan asosiy farqi - uning hayotga,
amaliyotga yaqinligidir. Bu o‘z-o‘zidan o‘qitish jarayonida atrofdagi iqtisodiy vaziyatni, mahalliy sharoitni hisobga olgan holda
iqtisodiy bilimlarning u yoki bu yo‘nalishini
o‘qitish darajasini shu vaziyat va sharoitlarga moslashtirishni taqozo qiladi. Shuning uchun ham maktablarning turlarining xilma-xilligi, ular joylashgan xududlaridagi iqtisodiy hayot, bolalarning dastlabki bilim darajalridan kelib chiqib, maktab komponentidagi soatlar hisobidan kiritilishi mumkin bo‘lgan
qo‘shimcha kurslarning me’yor va dasturlarini
keltirishni lozim topdik.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, bu kurslarni kiritish
yoki kiritmaslik maktab rahbariyati va tuman
xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan ko‘ngilli ravishda, yuqori tashkilotlar bilan kelishilgan holda yechilishi kerak.
Agarda muayyan maktablarda dars soatlari yetishmayotgan
bo‘lsa, bu
kurslarni fakultativ darslar qatori yoki to‘garak soatlarida
ham o‘tsa bo‘ladi.
Iqtisodiy ta’limning qo‘shimcha maktab komponenti quyidagilarni ta’minlaydi: o‘quvchilarning yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashuvini tezlashtiradi; ularni umummadaniyat va milliy ahamiyatga
ega boyliklarni o‘rganishga yo‘naltiradi;
o‘quvchilarning qiziqishlari
va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limning
tabaqalanishini amalga oshirishni ta’min etadi; o‘qituvchilarning ta’limdagi innovatsiyalari va pedagogik ijodlari
uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.
Bu qo‘shimcha komponentga quyidagi mazmuniy yo‘nalishlarni olish mumkin: “Xizmat muomalasi”, “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotiga kirish”, “Shaxs va iqtisodiyot”,
“Shahrim (qishlog‘im) iqtisodiyoti”, “Maktabimiz iqtisodiyoti”.
Quyida shu kurslarning namunaviy o‘quv mavzuiy rejalarini keltiramiz.
“Xizmat muomalasi” kursining namunaviy
o‘quv mavsuiy rejasi

“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotiga kirish”
kursining namunaviy o‘quv mavzuiy rejasi

“Shahrim
(qishlog‘im) iqtisodiyoti” kursining
namunaviy o‘quv mavzuiy rejasi

“Shaxs va
iqtisodiyot” kursining
namunaviy o‘quv mavzuiy rejasi

Asosiy
iqtisodiy tushunchalarning
o‘quv
dasturlarida berilishining tartibi
Iqtisodiy ta’lim tizimida uzluksizlikni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, iqtisodiy ta’lim
boshlang‘ich sinflardanoq kiritilgan maktablar uchun iqtisodiy tushunchalarning berilish tartibini tavsiya sifatida keltirishni lozim topdik. Tushunchalarni bunday ketma-ketlikda berilishi, takrorlanishi, chuqurlashtirilishi
va mustahkamlanish tamo-
yili qator rivojlangan davlatlar, masalan AQSh tajribasi
orqali sinovdan o‘tgan bo‘lib, O‘zbekiston sharoitiga moslanib berilmoqda. Iqtisodiy ta’lim yuqoriroq pog‘onadan boshlanadigan maktablar uchun tushunchalarni o‘tish tartibi boshqacharoq bo‘lib,
qo‘yilgan belgilar mos ravishda o‘ng
tomonga surilishi lozim bo‘ladi.





Shartli belgilar:
Ya – yangi kiritilayotgan tushuncha;
T/Ch
- tushunchani takrorlash
va chuqurlashtirish,
ya’ni bu tushunchaning hayotdagi talqinidan tashqari uning dastlabki nazariy ta’riflarini berish;
Ch/K – tushunchani
chuqurlashtirish va kengaytirish, ya’ni shu tushunchaning
dastlabki berilishi doirasini kengaytirib uni har xil
iqtisodiy vaziyatlarda va holatlarda qo‘llash
malakalarini hosil qilish;
Ch/K/M – tushunchani chuqurlashtirish, kengaytirish va
mustahkamlash, ya’ni shu tushunchaning o‘quvchi ongida va xotirasida mustahkam
o‘rnashib qolishiga imkoniyat yaratish.